
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yoshlar tarbiyasining ilmiy-metodik taʼminoti
Institutning maqsadi — yoshlar tarbiyasi sohasining ilmiy-metodik taʼminotini amalga oshirish, buyuk allomalarimiz va jadidlarning ushbu yoʻnalishdagi qarashlarini ilmiy tadqiq etish asosida zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish, oʻquvchilar tarbiyasi masalasida mahalla va ota-onalar oʻrtasidagi samarali hamkorlikni taʼminlash, shuningdek ota-onalar va oʻqituvchilar uchun ushbu mavzuga oid oʻquv va ommabop adabiyotlar yaratishdir.
Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-232-son qarori bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida tashkil etilgan boʻlib, bevosita ushbu vazirlik boʻysunuvida faoliyat yuritadi. Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi.

0
Tashkil etilgan yil (PQ-232-son)
0
Ilmiy ixtisoslik yoʻnalishi
0
Institutning asosiy vazifasi
0
Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali
Institutning asosiy vazifalari
- 1
Pedagogika va psixologiya sohalarida tarbiya metodikasiga oid fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish, sohada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.
- 2
Tarbiya mazmunini tahlil qilish, uni rivojlantirish boʻyicha loyihalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.
- 3
Ajdodlarimiz va jadidlarning komil insonni shakllantirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid yondashuvlarini tadqiq qilish hamda zamon talablariga mos ravishda taʼlim jarayonida qoʻllash boʻyicha ilmiy asoslangan ishlanmalar va metodikalarni yaratish.
- 4
Ota-onalar va oʻqituvchilar uchun tarbiyaviy metodikalar boʻyicha qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish, ularni ommalashtirish.
- 5
Farzand tarbiyasida “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish boʻyicha metodik tavsiyanomalar yaratish.
- 6
Tarbiya metodikalariga oid raqamli kontentlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
- 7
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning tarbiyasiga oid ilmiy-metodik taʼminotni yaratish.

Boshqaruv va faoliyat tartibi
Institutga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Institut xodimlari tarkibi tanlov asosida shakllantiriladi, ularga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”, “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kengashlar faoliyat yuritadi. Institutning Qoraqalpogʻiston Respublikasida alohida filiali mavjud.
