Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
O‘QUVCHILARNING DIZAYNERLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM VOSITALARINING O‘RNI
Maqola matni
Ushbu maqolada umumta’lim va kasbiy ta’lim tizimida o‘quvchilarning badiiy-estetik didi va dizaynerlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli ta’lim vositalarining tutgan o‘rni hamda ilmiy-metodik imkoniyatlari yoritilgan. Muallif raqamli vositalar (audio-vizual vositalar, elektron darsliklar, animatsion dasturlar va kompyuterlashtirilgan nazorat tizimlari) vositasida o‘quvchilarning mustaqil ishlash samaradorligini oshirish, texnik modellash va dizayn loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini asoslab bergan. Shuningdek, texnologiya darslarida raqamli didaktik vositalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning texnologik, kreativ va dizaynerlik kompetensiyalarini shakllantirishning amaliy ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
