Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
MAHALLA, MAKTAB VA OILA HAMKORLIK TIZIMIDA INKLYUZIV RAQAMLI TARBIYA MODELINI YARATISH VA JORIY ETISHNING METODIK ASOSLARI
Maqola matni
Maqolada jamiyatda alohida ta’lim va tarbiya eh- tiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, mahalla, maktab hamda oila hamkorligida inklyuziv raqamli tarbiya modelini yaratish va amaliyotga joriy etishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Muallif “inklyuziv raqamli tarbiya” tushunchasi, uning asosiy tamoyillari hamda modelning 5 ta tarkibiy komponentini (maqsadli, mazmuniy, subyektlararo hamkorlik, texnologik va monitoring) izchil ta’riflab beradi. Shuningdek, alohida ehtiyojli bolalarning raqamli muhitdagi xavfsizligini ta’minlash, kiberbullingning oldini olish va ota-onalar hamda pedagoglarning inklyuziv-raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan.
