Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
RAQAMLI TA’LIMDA MAKTAB O‘QUVCHILARIDA AXLOQIY ONGNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI
Maxmudov Abdulxalim Xamidovich14/10/2026 Toshkent shahri 24 ko'rish
Maqola matni
Ushbu maqolada raqamli ta’lim sharoitida maktab o‘quvchilarida axloqiy ongni shakllantirishning nazariy va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Muallif raqamli muhitning o‘quvchilar dunyoqarashi va xulq-atvoriga ta’siri, kiberbulling, noto‘g‘ri axborot hamda virtual qaramlik kabi xavflarning oldini olish masalalarini yoritadi. Maqolada raqamli muhitda axloqiy ongni rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlari – onlayn muloqot madaniyati, axborotdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalari, raqamli xavfsizlik va ijtimoiy mas’uliyat hissi atroflicha tahlil qilingan.
