Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
O‘QITUVCHILARINING INKLYUZIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY- PEDAGOGIK HAMKORLIK MODELI
Maqola matni
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik hamkorlik modeli va uning nazariy-amaliy asoslari tadqiq etilgan. Muallif inklyuziv madaniyatning mohiyati, ijtimoiy-pedagogik hamkorlik zaruriyati hamda uning tashkiliy-institutsional, pedagogik-amaliy, axloqiy-qadriyatli va axborot-kommunikativ strategiyalarini yoritib beradi. Maqolada inklyuziv muhitda ishlovchi o‘qituvchi shaxsining kasbiy profili, unga qo‘yiladigan talablar, pedagogik faoliyatning dominant funksiyalari hamda oliy pedagogik ta’lim jarayonida inklyuziv madaniyatni shakllantirish bosqichlari atroflicha tahlil qilingan.
