Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
OTMDA BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINI KASBIY TAYYORLASH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqola matni
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini zamonaviy talablar asosida kasbiy tayyorlash va bu jarayonni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Muallif ilg‘or xorijiy tajribalarni (Finlyandiya, Yaponiya, AQSh, Germaniya, Xitoy) o‘rgangan holda tarbiyachilar tayyorlashda kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, refleksiv hamda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘rnini asoslab beradi. Shuningdek, tadqiqotda bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy va shaxsiy shakllanishiga qaratilgan eksperimental Konsepsiyaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va ta’lim menejmenti vositasida sifatni ta’minlash imkoniyatlari yoritilgan.
