Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2025-yil 1-son
ZAMONAVIY YOSHLAR TARBIYASIDA AXBOROT-INFORMATSION MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Maqola matni
Maqolada global axborot makonining yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’siri, internet muhitida yuzaga kelayotgan virtual tahdidlar va ularning oldini olish masalalari yoritilgan. Shuningdek, bolalar va yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilishda ota-onalar hamda pedagoglarning raqamli kompetentligini oshirish, axborot madaniyatini shakllantirish va internetdan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash va raqamli tahdidlarga qarshi samarali tarbiyaviy yondashuvlarni shakllantirish zarurligi asoslangan.
