Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI
Maqola matni
Ushbu maqolada bugungi globallashuv davrida barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligining ijtimoiy-pedagogik ahamiyati hamda ustuvor vazifalari yoritilgan. Farzand tarbiyasiga kompleks yondashish, ota-onalarning ma’naviy va huquqiy savodxonligini oshirish hamda maktab va mahalla muhitining bolada vatanparvarlik, ijtimoiy mas’uliyat va ruhiy barqarorlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, yot g‘oyalar va salbiy holatlarning oldini olishda ushbu uch taraflama tizimning o‘zaro birdamligi va zamonaviy axborot xavflariga qarshi ma’naviy immunitetni rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada hamkorlikni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish bo‘yicha amaliy xulosalar berilgan.
