Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA JISMONIY MADANIYATNING BOLALAR VA YOSHLAR RIVOJIGA TA’SIRI
Maqola matni
Ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatning o‘sib kelayotgan bolalar va yoshlar rivojlanishiga ta’siri, uning ilmiy-nazariy va pedagogik asoslari yoritilgan. Muallif muntazam jismoniy mashg‘ulotlarning shaxs dinamik stereotipini shakllantirish, organizm chidamliligi va ruhiy-psixologik barqarorligini oshirishdagi o‘rnini asoslab beradi. Maqolada oilada va ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni yaratish, Ibn Sinoning pedagogik-tibbiy qarashlaridan foydalanish hamda jismoniy tarbiya vositasida yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
