Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2025-yil 1-son
MILLIY TARBIYA HAQIDA: OTA-ONALAR BILAN PEDAGOGIK SUHBAT
Maqola matni
Maqolada yosh avlod tarbiyasida oila va ota-ona- ning mas’uliyati, milliy tarbiyaning ahamiyati hamda zamonaviy axborot makonining bola shaxsiga ta’siri masalalari yoritilgan. Unda “hayot tar- biyasi” va maqsadli tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinib, farzand tarbiyasini tasodifiy muhit va begona ta’sirlarga topshirib qo‘yishning salbiy oqibatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, internet, ijtimoiy tarmoqlar va video o‘yinlarning yoshlar dunyoqarashi hamda xulq-atvoriga ta’siri tahlil qilinib, ota-onalarning mediapedagogik savodxonligini oshirish va bolalarda axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi asoslangan.
