Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
ANALITIK TAFAKKUR ADABIYOT O‘QITISH MAZMUNINI YANGILASHNING INTEGRATIV OMILI SIFATIDA
Sharobiddin Hasanov14/10/2026 Andijon viloyati 34 ko'rish
Maqola matni
Ushbu maqolada oliy va o‘rta adabiy ta’lim tizimida talabalarning analitik va mantiqiy tafakkurini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Muallif axborot qamrovi kengaygan hozirgi davrda badiiy adabiyot darslarini shunchaki estetik zavq manbai emas, balki “fikr tarbiyasi” va intellektual salohiyatni oshiruvchi asosiy omil sifatida ko‘rib chiqadi. Maqolada tafakkur turlari, analitik fikrlashning 11 ta asosiy mantiqiy operatsiyasi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari yoritilgan.
