Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
FALSAFIY-ANTROPOLOGIK YONDASHUV TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING METODOLOGIK ASOSI SIFATIDA
Maqola matni
Maqolada tarbiya jarayonini tashkil etish va uning samaradorligini oshirishda falsafiy-antropologik yondashuvning metodologik o‘rni hamda pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Muallif G‘arb pedagogik antropologiyasi vakillari (F. Herbart, O. Diltey, V. Natorp) qarashlariga tayanib, insonni tarbiyaviy faoliyatning markaziy subyekti sifatida talqin etish zarurligini asoslaydi. Tadqiqotda falsafiy-antropologik yondashuvning insonparvarlik, individuallashtirish, subyektiv faollik, rivojlanish hamda pragmatizm (amaliy yo‘naltirilganlik) kabi yetakchi tamoyillari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur prinsiplarning O‘zbekiston zamonaviy ta’lim amaliyotidagi, xususan, “Inson qadri uchun” konsepsiyasi va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi davlat siyosatidagi aks-sadosi ko‘rsatib berilgan.
