Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MAKTAB VA OTA-ONALAR O‘RTASIDAGI ZIDDIYATLARNING TARBIYAVIY JAROYONGA TA’SIRI
Maqola matni
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida o‘qituvchi va ota-ona o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlarning kelib chiqish omillari hamda ushbu nizolarning o‘quvchi shaxsi tarbiyasiga va psixologik rivojiga salbiy ta’siri ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Muallif O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Pedagoglar maqomi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda turk pedagog-psixologi Adem Guneshning qarashlariga tayanib, pedagogik faoliyatdagi kasbiy chegaralar, ota-onalarning huquq va majburiyatlari, muloqot madaniyati hamda o‘zaro ishonch masalalarini yoritib bergan. Maqolada maktab va ota-onalar hamkorligini tizimlashtirish, ichki reglamentlarni tatbiq etish va pedagogik madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
