Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARIDA TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHGA TEXNOLOGIK YONDASHUV
Maqola matni
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari hamda texnologik yondashuvga tayangan pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Tadbirkorlik kompetensiyasining mazmuni va tarkibiy tuzilmasi (motivatsion- qadriyatli, kognitiv, faoliyatli-amaliy va refleksiv-baholovchi komponentlar) aniqlashtirilib, Yevropa Ittifoqining EntreComp modeli bilan qiyosiy tahlil qilingan. Motivatsion-diagnostik, axborot-tushunchaviy, loyiha-amaliy va refleksiv- baholovchi bosqichlardan iborat shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqilib, har bir bosqichning maqsadi, metod va vositalari hamda kutilayotgan natijalari asoslangan.
