Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

PISA TURIDAGI TOPSHIRIQLAR ASOSIDA MATEMATIKA TA’LIMIDA RAQAMLI KONTENTLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Qalandarova Shaxnoza Olim qizi 01/10/2026 Navoiy viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada matematika darslarida qo‘llaniladigan raqamli kontentlarning 8- sinf o‘quvchilariga pedagogik, psixologik va axloqiy ta’sirini baholash muammolari tahlil qilingan. Baholash mezonlarining yagona tizimi mavjud emasligi, ta’sirlarni o‘zaro farqlash qiyinligi va axloqiy jihatlarni o‘lchash vositalarining cheklanganligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu muammolarni hal etish uchun PISA tipidagi topshiriqlarga asoslangan uch o‘lchovli baholash modeli hamda “Raqamli kontekst – Matematik tafakkur – Tanqidiy baholash” (RMT) texnologiyasi taklif etilgan. Shuningdek, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, natijalarni statistik tahlil qilish va raqamli kontentlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.