Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA MO`LJALLANGAN TARBIYAVIY KONTENTLARINING METODOLOGIK MUAMMOLARI
Maqola matni
mazkur maqolada umumta`lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan tarbiyaviy kontentlarning metodologik muammolari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya muhitida tarbiyaviy kontentlarning mazmuni, shakli va taqdim etish usullariga qo‘yiladigan talablar tobora murakkablashib bormoqda. Maqolada tarbiyaviy kontent tushunchasining mohiyati, uning pedagogik-psixologik asoslari, yuqori sinf o‘quvchilarining yosh va psixofiziologik xususiyatlari, shuningdek, metodologik yondashuvlardagi ziddiyatlar va kamchiliklar tizimli ravishda yoritiladi. Tadqiqot natijasida tarbiyaviy kontentlarni ishlab chiqish va qo‘llashda metodologik izchillikni ta’minlash, kompetensiyaviy yondashuvni kuchaytirish, media-savodxonlikni oshirish hamda milliy-ma’naviy qadriyatlarga tayanish zarurati asoslanadi.
