Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

259 INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA RAQAMLI KONTENTNING O‘QUVCHILAR PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRINI BAHOLASH

Gulyamova Aziza Otabek qizi 01/10/2026 Toshkent viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada inklyuziv ta’lim muhitida raqamli kontentning alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar psixologik rivojlanishiga ta’siri hamda uni baholashning ilmiy- metodik asoslari tahlil qilingan. Raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligi, emotsional barqarorligi, o‘quv motivatsiyasi, o‘ziga ishonchi va ijtimoiy moslashuviga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Inklyuziv ta’lim sharoitida raqamli kontentning psixologik samaradorligini aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi metodik muammolar o‘rganilib, individual rivojlanish xususiyatlariga mos baholash mezonlari taklif etilgan. Raqamli resurslarning psixologik ta’sirini aniqlashda kompleks diagnostika, individual yondashuv va psixologik-pedagogik monitoringning ahamiyati asoslangan.