Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
RAQAMLI KONTENTNI SHAXS TARBIYASIGA YO‘NALTIRISH: INTERAKTIV QAYTA ALOQA PLATFORMALARI ASOSIDA XALQARO STANDARTLARNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MEXANIZMI
Maqola matni
Maqolada shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentga qo‘yiladigan xalqaro talablar (DigComp 2.2, DigCompEdu, YuNESKO, Yevropa Kengashi va WCAG 2.1 hujjatlari) tahlil qilinib, ularni bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash amaliyotiga joriy etishning interaktiv qayta aloqa platformalariga asoslangan to‘rt bosqichli mexanizmi asoslab berilgan. Mexanizm kontentni loyihalash, yaratish, qayta aloqa orqali takomillashtirish va sifatini baholash bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada mexanizmni Qo‘qon universiteti sharoitida sinovdan o‘tkazish tajribasi hamda uni samarali amalga oshirishning pedagogik shartlari yoritilgan.
