Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
IMPROVING THE METHODOLOGY FOR FOSTERING STUDENTS’ RESPECT FOR NATIONAL VALUES THROUGH DIGITAL CONTENT
Maqola matni
Maqolada o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash metodikasini raqamli kontent bilan boyitish masalasi ko‘rib chiqiladi. Hurmat tuyg‘usi ma’lumot berish bilan emas, o‘quvchining shaxsiy kechinmasi va amaliy ishtiroki orqali shakllanadi, degan g‘oyadan kelib chiqib, to‘rt komponentli metodik model taklif etiladi. Raqamli kontentni tanlash xalqaro hujjatlarga (UNESCO, Yevropa Kengashi, DigComp 2.2) tayanadi, tuyg‘uning shakllanishi esa affektiv sohaning besh bosqichi asosida rejalashtiriladi. Kontent tanlash mezonlari, dars namunasi va baholash ko‘rsatkichlari keltirilgan.
