Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

RAQAMLI KONTENTLAR VOSITASIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

R.X.Djurayev 01/10/2026 Toshkent shahri

Maqola matni

To'liq o'qish

Mazkur maqolada shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro talab va tamoyillari, ularni ta’lim-tarbiya amaliyotiga joriy etish mexanizmlari hamda ushbu jarayonlarni samarali boshqarish masalalari tahlil qilingan. Raqamli kontentlardan foydalanishda maqsadlarni belgilash, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring va natijalarni baholash bosqichlarining o‘zaro aloqadorligi asoslangan. Shuningdek, raqamli- pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish, tarbiyaviy kontentlarni sifat ekspertizasidan o‘tkazish va milliy tarbiya tamoyillarini xalqaro yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqola doirasida konseptual boshqaruv mexanizmi va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar taklif etilgan.