Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
RAQAMLI MUHITDA MUSIQA FANI ORQALI O‘QUVCHILARDA AXLOQIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH
Maqola matni
Mazkur maqolada raqamli muhitda musiqa fani orqali o‘quvchilarda axloqiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Milliy musiqa merosi, mumtoz va xalq musiqasi namunalarining tarbiyaviy mazmuni hamda ularni zamonaviy raqamli vositalar yordamida o‘rganish masalalari yoritiladi. Shuningdek, audio va videomateriallar, interaktiv topshiriqlar, elektron ta’lim resurslari va multimedia dasturlaridan foydalanishning o‘quvchilarning musiqiy idroki, estetik didi, tinglash madaniyati va axloqiy mushohadasini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarni musiqa darslariga maqsadli integratsiya qilish zarurati asoslanadi.
