Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
SHAXS TARBIYASIGA YOʻNALTIRILGAN RAQAMLI KONTENTLARNING XALQARO STANDARTLARI VA AMALIYOTGA JORIY ETISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqola matni
Ushbu maqolada global axborotlashuv sharoitida shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning mohiyati, ularning yosh avlod ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishidagi o‘rni hamda ushbu jarayonni ilmiy-pedagogik asosda takomillashtirish masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida YUNESKO hamda Yevropa Ittifoqining raqamli ta’lim resurslariga qo‘yadigan xalqaro standartlari atroflicha tahlil qilingan. Maqolada milliy ta’lim tizimida xavfsiz va sifatli raqamli resurslarni yaratish, ularni psixologik- pedagogik ekspertizadan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
