Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA SHAXS TARBIYASI: MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT XAVFSIZLIGINING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Maqola matni
Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida shaxs tarbiyasini tashkil etish, media savodxonlikni rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari yoritiladi. Raqamli kontentning o‘quvchi va talabalarning dunyoqarashi, xulq-atvori, muloqot madaniyati hamda tanqidiy fikrlashiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim muassasasi, pedagog va ota-onalar hamkorligida raqamli resurslardan maqsadli foydalanish, soxta axborotni aniqlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga doir metodik tavsiyalar taklif etiladi. Maqolada raqamli vositalar tarbiyaning o‘rnini bosuvchi emas, balki pedagogik maqsadga muvofiq boshqarilishi lozim bo‘lgan yordamchi vosita ekanligi asoslanadi.
