Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

RAQAMLI MEDIA RESURSLARINING TALABALARNING AXBOROT SAVODXONLIGI VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARADORLIK INDIKATORLARI

Beknazarova Saida Safibullayevna, Beknazarova Kamilla Kamoliddinova 01/10/2026 Toshkent shahri

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada raqamli media resurslarining talabalarning axborot savodxonligi va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi samaradorligini baholash masalalari tadqiq etiladi. Raqamli ta’lim platformalari, elektron kutubxonalar, multimedia kontentlari va sun’iy intellekt asosidagi vositalardan foydalanish sharoitida talabalarning axborotni izlash, tanlash, ishonchliligini tekshirish, tahlil qilish va dalillarga asoslangan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini baholash zarurati asoslanadi. Tadqiqotda axborot savodxonligi va tanqidiy fikrlashni baholash uchun indikatorlar tizimi taklif etilib, manba ishonchliligini aniqlash, axborotni verifikatsiya qilish, taqqoslash, tahlil qilish, dalillash, mustaqil xulosa chiqarish, media savodxonlik va raqamli etikadan foydalanish kabi mezonlar belgilangan.