Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
JADIDLAR MEROSI ASOSIDA UMUMTA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARINI TAYYORLASH: KADRLAR, KOMPETENSIYALAR VA FANLARARO HAMKORLIK MUAMMOLARI
Maqola matni
Maqolada “Jadidlar merosi asosida umumta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida rahbar kadrlarni tayyorlashdagi uch muammo tayyorgarlikning amaliyotdan uzilishi, boshqaruv kompetensiyasining tor ma’muriy-texnik talqini va fanlararo hamkorlikning sustligi tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining yetti tamoyili (ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, zamonaviy ta’lim, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy hamkorlik, madaniy taraqqiyot, teng imkoniyat) “tamoyil, boshqaruv funksiyasi, kompetensiya komponenti pedagogik shart-sharoit” mantiqiy zanjiri orqali zamonaviy ta’lim menejmenti bilan bog‘lanadi. Rahbar boshqaruv kompetensiyasining milliy-ma’naviy liderlik komponenti bilan boyitilgan yetti komponentli tuzilmasi, uni rivojlantirishning yetti pedagogik shart-sharoiti, ichki va tashqi omillari hamda besh bosqichli strukturaviy-funksional modeli asoslanadi; fanlararo hamkorlik jadidshunoslik, ta’lim menejmenti va boshqaruv amaliyoti sintezi sifatida talqin etiladi.
