Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
SHAXS TARBIYASIGA YO‘NALTIRILGAN RAQAMLI KONTENTLARNING XALQARO STANDARTLARI VA ULARNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI
Maqola matni
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarni ishlab chiqish, saralash, ekspertizadan o‘tkazish, ta’lim- tarbiya jarayoniga joriy etish va ularning samaradorligini baholashning nazariy-metodologik hamda amaliy masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli muhitda inson nafaqat axborot iste’molchisi, balki raqamli kontent yaratuvchi, tarqatuvchi va unga baho beruvchi sub’ekt sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois raqamli kontentning mazmuniy sifati bilan bir qatorda uning tarbiyaviy yo‘naltirilganligi, ilmiy asoslanganligi, ishonchliligi, inklyuzivligi, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, yosh xususiyatlariga mosligi, milliy-madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi va inson qadr-qimmatini hurmat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
