Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

KASBIY-TEXNIK TA’LIM RIVOJLANISHINI DALILLARGA ASOSLANGAN BOSHQARISH MODELI VA DIAGNOSTIK BAHOLASH MEXANIZMI

Naxanboev Zoir Orlovich 01/10/2026 Namangan viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada kasbiy-texnik ta’lim rivojlanishini boshqarishda qaror, ijro va natija o‘rtasidagi uzilishlarni kamaytirishga qaratilgan mazmuniy-jarayoniy model asoslandi. Modelning markaziy birligi «dalil bilan bog‘langan boshqaruv qarori» sifatida belgilandi. Ehtiyojni dalillash, dastur va baholashni moslashtirish, resurs hamda mas’uliyatni kelishtirish, amaliy tayyorgarlikni muvofiqlashtirish, natijani tekshirish va qarorni yangilash bosqichlari ishlab chiqildi. To‘rtta mezonli uch darajali diagnostik rubrika, indikatorlar pasporti va bosqichli tatbiq algoritmi taklif qilindi. Modelning ilmiy-amaliy chegaralari ko‘rsatilib, empirik sinovdan oldin sababiy samaradorlik haqida qat’iy da’vo qilish mumkin emasligi asoslandi.