Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
O‘QUVCHILARNING O‘ZLIGINI ANGLASH VA O‘Z-O‘ZINI TARBIYALASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN RAQAMLI KONTENTLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISH MEXANIZMLARI
Maqola matni
Maqolada o‘quvchilarning o‘zligini anglashi va o‘z-o‘zini tarbiyalash faoliyatini tashkil etishda raqamli kontentlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. O‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zini diagnostika qilish, maqsad qo‘yish, rejalashtirish, amaliy faoliyat, monitoring, refleksiya va korreksiyadan iborat siklik mexanizmi tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik shakl, metod va vositalarning o‘zaro integratsiyasi, elektron portfolio, refleksiv kundalik, raqamli rivojlanish xaritasi hamda mezonli qayta aloqadan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Raqamli kontentlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, psixologik xavfsizlik va mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati asoslangan.
