Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
TARBIYA YO‘NALISHLARIDA TAYYORLANAYOTGAN KONTENTLARNING BADIIY VA ESTETIK XUSUSIYATLARI
Maqola matni
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimida yaratilayotgan kontentlarning badiiy va estetik xususiyatlari, ularning yosh avlod ma’naviy dunyoqarashi, axloqiy tafakkuri, estetik didi hamda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida tarbiyaviy kontentning an’anaviy axborot yetkazish vositasidan shaxsning hissiy- intellektual olamiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p funksiyali pedagogik resursga aylanayotgani asoslanadi. Maqola yakunida milliy tarbiya mazmunini zamonaviy mediaestetika talablari bilan uyg‘unlashtirish, raqamli muhitda yoshlarning mustaqil fikrlashi va estetik immunitetini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
