Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YARATILGAN RAQAMLI TARBIYAVIY KONTENT BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI QADRIYATLI YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Maqola matni
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan raqamli tarbiyaviy kontent bilan ishlash kompetensiyasini qadriyatli yondashuv asosida rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Generativ sun’iy intellektning ta’limdagi imkoniyatlari bilan bir qatorda, u yaratgan materiallarning ishonchliligi, axloqiy maqbulligi va tarbiyaviy maqsadga muvofiqligini baholash zarurati asoslanadi. Taklif etilgan modelning o‘ziga xos jihati texnologik savodxonlikni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, pedagogik mas’uliyat hamda tanqidiy tahlil bilan uzviy bog‘lashdan iborat. Shuningdek, raqamli tarbiyaviy kontentni yaratish, tekshirish, baholash va takomillashtirishga doir amaliy mexanizm ishlab chiqiladi.
