Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
OILA-MAKTAB HAMKORLIGIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY MAS’ULIYATINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN RAQAMLI KONTENTLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Maqola matni
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishda oila va maktab hamkorligiga tayangan raqamli kontentlarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli hikoyalar, vaziyatli topshiriqlar, qisqa videolar va ota- onalar bilan birgalikda bajariladigan interaktiv faoliyatlar bolalarda mas’uliyat, o‘zaro hurmat, hamdardlik va jamoaga daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kontentni ishlab chiqishda milliy-madaniy qadriyatlarni yosh xususiyatlariga mos talqin qilish, bolalar xavfsizligi, inklyuzivlik va ota-onalar bilan muntazam qayta aloqa tamoyillariga e’tibor qaratiladi. Maqolada raqamli materiallarni tanlash, qo‘llash va natijalarini baholash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etiladi.
