Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

RAQAMLI KONTENTLAR VOSITASIDA O‘SMIR QIZLARDA O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCHNI RIVOJLANTIRISHNING XALQARO STANDARTLARI VA PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Choriyeva D.I. 01/10/2026 Namangan viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Mazkur maqolada shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotiga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi o‘smir qizlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirish kontekstida tahlil etilgan. Raqamli ta’lim muhitining o‘smirlarning shaxsiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishiga ta’siri, xususan, qizlarda o‘z-o‘zini anglash, mustaqil qaror qabul qilish, ijtimoiy faollik, kommunikativ kompetentlik va ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajribada raqamli kontentlarga qo‘yiladigan pedagogik, psixologik, axloqiy, inklyuziv va xavfsizlik talablari umumlashtirilib, o‘smir qizlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli kontentlarning konseptual modeli taklif etilgan. Maqolada raqamli kontentlarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, pedagogik jarayonga integratsiya qilish, monitoring va baholash bosqichlarini qamrab oluvchi mexanizm ishlab chiqilgan.