Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
O‘ZBEK XALQINING TARIXIY-MADANIY MEROSI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLIKNI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Maqola matni
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning konseptual asoslari o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi bilan uyg‘unlikda tahlil qilinadi. Vatanparvarlik faqat hissiy sadoqat yoki harbiy tayyorgarlik bilan cheklanmay, tarixiy xotira, milliy o‘zlik, huquqiy mas’uliyat, tinchliksevarlik va jamoat manfaatiga xizmat qilishni birlashtiruvchi integrativ shaxsiy sifat sifatida talqin etiladi. Nazariy tahlil, qiyosiy-tarixiy yondashuv, kontent-tahlil va konseptual modellashtirish asosida tarixiy-madaniy mazmunni anglash, qadriyatni shaxsiy munosabat bilan bog‘lash, uni fuqarolik xatti-harakatida namoyon etish hamda natijani refleksiv baholash ketma-ketligi taklif etilgan. Xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, tarixiy siymolar merosi, urf-odat va mahalliy tarix materiallarining tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berilgan. Natijada vatanparvarlik tarbiyasining kognitiv-tarixiy, aksiologik- emotsional, fuqarolik-mas’uliyatli va faoliyat-refleksiv tarkibiy qismlari aniqlashtirilgan.
