Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

IJTIMOIY VA RAQAMLI MUHITNING KORRUPSIOGEN HOLATLAR SHAKLLANISHIGA TAʼSIRI VA UNI BARTARAF ETISHNING HUQUQIY-MAʼRIFIY MEXANIZMLARI

Suyunova Barchinoy Shuhrat qizi 01/10/2026 Navoiy viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada ijtimoiy muhitning korrupsiogen holatlar shakllanishiga taʼsiri, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning huquqiy va institutsional mexanizmlari tahlil qilingan. Oʻzbekistonda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijtimoiy muhitdagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar – huquqiy madaniyatning yetishmasligi, ijtimoiy bagʻrikenglik, shaxsiy munosabatlarning rasmiy tartibdan ustunligi va jamoatchilik nazoratining zaifligi bilan bogʻliq holda tizimlashtirilgan. Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, daromadlarni deklaratsiya qilish va samaradorlikni reyting asosida baholash mexanizmlarining profilaktik salohiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan huquqiy, institutsional va maʼrifiy choralarning uygʻun tizimi taklif etilgan.