Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

OILA VA MAKTAB HAMKORLIGIDA RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA: O‘QUVCHI SHAXSI TARBIYASIGA YO‘NALTIRILGAN TAKOMILLASHGAN PEDAGOGIK MODEL

Raxmatova Ozoda Burxon qizi , Umarov Farxod Umirovich 01/10/2026 Qashqadaryo viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida oila va maktab hamkorligini takomillashtirish masalasi raqamli kommunikatsiyaning imkoniyatlari va xavflari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Maktab ota-onaga yuboradigan raqamli xabar o‘quvchi tarbiyasiga yo‘naltirilgan pedagogik kontent sifatida talqin qilinadi va unga qo‘yiladigan talablar aniqlashtiriladi. Olti komponentli takomillashgan pedagogik model hamda 160 nafar o‘quvchi, 160 nafar ota-ona va 16 nafar pedagog ishtirokida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari tahlil qilinadi: tajriba guruhida integrallashgan hamkorlik indeksi 54,83 balldan 69,71 ballgacha oshdi.