Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

RAQAMLI MUHIT RIVOJLANISH FONIDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL TA’LIM ORQALI HUQUQBUZARLIKLARNI BARVAQT PROFILAKTIKA QILISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARI

Boltayev Faxriddin Azamatovich 01/10/2026 Namangan viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada ijtimoiy-emotsional ta’lim orqali huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilishning pedagogik-psixologik omillari nazariy tahlil qilinadi. Hissiy boshqaruv, ijtimoiy vaziyatni talqin qilish, empatiya va mas’uliyatli tanlov, tengdoshlar munosabati, maktabga mansublik, pedagog tayyorgarligi hamda oila–maktab hamkorligi o‘zaro bog‘liq omillar sifatida tizimlashtiriladi. Omil, taxminiy mexanizm, pedagogik faoliyat va kuzatiladigan natija farqlanadi. Ilmiy dalillarni qiyoslash orqali kompetensiyaga, maktabdagi xulqqa va huquqiy holatlarga oid natijalarni alohida o‘rganish zarurati asoslanadi. Ikki matritsada omillarni pedagogik ish bilan bog‘lash hamda natijalarni talqin qilish chegaralari ko‘rsatiladi.