Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

6–7 YOSHLI BOLALAR BILISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXS TARBIYASIGA YO‘NALTIRILGAN RAQAMLI KONTENTNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Qodirova Nargiza Raxmatillo qizi 01/10/2026 Sirdaryo viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Mazkur maqolada maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida 6–7 yoshli bolalarda bilish kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, xususan shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bilish kompetensiyasi idrok, diqqat, xotira, tafakkur, nutq, tasavvur hamda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini birlashtiruvchi integrativ sifat sifatida talqin etiladi. Maktabgacha ta’limdan boshlang‘ich ta’limga o‘tish davrining psixologik-pedagogik xususiyatlari tahlil qilinib, kompetensiyaviy, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida didaktik o‘yinlar, elementar kuzatish va tajriba, loyiha faoliyati, STEAM yondashuvi hamda raqamli ta’lim vositalarining rivojlantiruvchi salohiyati yoritilgan.