Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Xudayberdiyev Mirolim Iskandar o‘g‘li 01/10/2026 Jizzax viloyati

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari va pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalardan maqsadli foydalanish, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan topshiriqlarni loyihalash, fanlararo integratsiyani ta’minlash hamda refleksiv faoliyatni tashkil etishning ilmiy-pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Bo‘lajak pedagoglarning raqamli-didaktik, kommunikativ, loyihalash va refleksiv-baholash kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlashtirilgan. Kasbiy tayyorgarlikni raqamli ta’lim muhiti bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar asoslanib, ularni amalga oshirishning metodik yo‘nalishlari taklif etilgan.