Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TARBIYAVIY KONTENTLARNI YARATISH MUAMMOLARI
Maqola matni
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida tarbiyaviy kontentni yaratish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik, texnik, axloqiy va huquqiy muammolar, shuningdek, bunday kontentni standartlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tarbiyaviy kontentning o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim kontentidan farqlanadi: u bilim berish bilan cheklanmay, shaxsning qadriyatlari, xulq-atvori va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishga qaratiladi. Shu sababli generativ modellar tomonidan yaratiladigan matn, tasvir, audio va video materiallarning ishonchliligi, madaniy mosligi, yoshga muvofiqligi va qadriyatlar tizimiga mosligini baholash murakkab vazifaga aylanadi.
