Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
TA’LIMDA GEYMIFIKATSIYA ORQALI RAQAMLI MADANIYAT, AXLOQIY QADRIYATLAR VA IJTIMOIY MA’SULIYATNI SHAKLLANTIRISH
Maqola matni
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarni yaratish va ularni xalqaro standartlar asosida ta’lim amaliyotiga joriy etish masalalari yoritilgan. Geymifikatsiyaning o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish, mustaqil fikrlash, hamkorlik, mas’uliyat, raqamli madaniyat va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. UNESCO, Yevropa Ittifoqi hamda Yevropa Kengashining raqamli kompetensiyalar, pedagoglarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari va raqamli fuqarolik ta’limiga oid yondashuvlari asosida raqamli ta’lim resurslarini takomillashtirishning amaliy mexanizmlari taklif etilgan. Shuningdek, milliy ta’lim muhitiga mos, xavfsiz, inklyuziv va tarbiyaviy ahamiyatga ega geymifikatsiyalashgan ta’lim modelining asosiy tarkibiy qismlari ishlab chiqilgan.
