Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Mualliflar uchun

Missiya

96 ko'rish·29/09/2026

Maqola sarlavhasi bosh harfda aniq qilib, o`zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida bo`lishi kerak. Maqola muallifi to`g`risida ma'lumot (Author information) qismida muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi o`zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi. Annotatsiya (Abstrakt) maqolaning asosiy mazmunini aks ettirishi hamda o`zbek, rus, ingliz tillarida bo`lishi shart. Kalit so`zlar (Key words) maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi so`zlar hisoblanadi. Yuborilayotgan har qanday ilmiy maqola kirish qismini (Kirish / Introduction, Xulosalar / Conclusion) ajratib ko`rsatishga imkon beradigan tuzilishga ega bo`lishi kerak. Maqola matni shrifti "Times New Roman"da, 14 kegelda bo`lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1,15 intervalda bo`lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o`ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 8 betdan kam bo`lmasligi lozim. Maqolada yuqori sifatli illustrativ materiallar taqdim etilishiga harakat qilish muhimdir. Illustratsiyalar aniq bo`lishi, xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan jadvallardan iborat bo`lishi, jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko`rsatilishi lozim. Adabiyotlar: tarkibi, manbalar soni (adabiyotlar ro`yxati hajmi) Bir nechta istisnolardan tashqari barcha ma'lumotlarda indekslangan ingliz va o`zbek tilidagi manbalarga havolalar bo`lishi maqsadga muvofiq. Adabiyotlar ro`yxatidagi barcha havolalar maqola matniga kiritilishi kerak. Foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro`yxati ketma-ketligida alifbo tartibida qo`yiladi: - mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili, nashriyot nomi, yili, betlari; - mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari. Adabiyotlar ro`yxatlari hajmi eng kami 8-10 ta manbadan iborat bo`lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlarga maqola ichida [1], [2] yoki [3] ko`rinishida havolalar (snoska) beriladi. Maqolalar o`zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Yuborilgan maqolalarning barchasi "Antiplagiat" tizimida tekshiriladi va maxsus dasturdagi ko`rsatkich kamida 65% bo`lishi talab etiladi. Aks holda, mazkur maqola plagiat deb hisoblanadi va maqola rad etiladi. Mualliflar o`zlarining ishlariga murojaat qilgan holda iqtibos berishlari mumkin, ammo o`z ishlariga murojaat qilish chegarasi 15% dan oshmasligi kerak. Nashr uchun qabul qilingan maqolalar to`lov amalga oshirilgandan so`ng nashr qilinadi. To`lovni amalga oshirib bo`lganingizdan keyin chekni rasm yoki PDF formatida elektron pochtangizga yuborilgan bir martalik havola orqali yuborishingizni so`raymiz. To`lov summasi 404 120 (to`rt yuz to`rt ming bir yuz yigirma) so`m.

Izohlar

Izoh qoldirish